04 apr 11:55
Yangiliklar
Futbol
Ramos yanvardan beri ilk bor PSJ tarkibida maydonga tushdi va muxlislar unga hushtak chalishdi
PSJ himoyachisi Serxio Ramos "Loryan" (5:1)ga qarshi Franciya chempionati doirasidagi o'yinning 72-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.
36 yoshli ispaniyalik futbolchi bunga qadar 23 yanvardan beri jamoa tarkibida harakat qilmagandi.
Ko'plab muxlislar Ramosning har bir to'pga teginishiga hushtak chalishdi.
Himoyachi o'tgan yozda "Real"dan PSJga tekinga o'tgan edi. U o'shandan beri sog'ligidagi muammo sabab atigi 6ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar