26 okt 14:07
Yangiliklar
Futbol

Ramosni futbol tarixidagi eng kuchli himoyachi deb topishdi
Franciyaning France Football nashri o'quvchilari o'rtasida so'rovnoma o'tkazdi.
Muxlislardan "Real" himoyachisi Serxio Ramosni hozirdanoq tarixdagi eng yaxshi himoyachi deb nomlasa bo'ladimi" manosidagi savol so'raldi. O'quvchilarning 67%i bu savolga "ha" deb javob berishdi.
Ispaniyalik futbolchining o'zi francuz nashrining ushbu so'rovnomasiga tvitterda munosabat bildirdi: "France Football shunday savol berayotgani meni g'ururlantiradi", - deb yozgan Serxio.
Ramos La Ligadagi himoyachilar orasida eng yaxshi to'purar hisoblanadi - uning hisobida 100 ta gol bor. 34 yoshli futbolchi "Real" bilan 22 ta sovrin yutgan.
Havola :
Fikrlar