27 dek 11:20
Yangiliklar
Futbol
Rangnik Marsyal haqidagi xabarni tasdiqladi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Antoni Marsyal yanvarda jamoani tark etmoqchi. Bu xabarni Ralf Rangnik ham tasdiqladi.
“Antoni ketmoqchi. U menga o'zgarish vaqti kelgani haqida o'ylayotganini aytdi. Menga malum bo'lishicha, unga boshqa klubdan taklif bo'lmagan. Vaziyat o'zgarmaguncha u jamoada qoladi”, deydi Rangnik.
Avvalroq, Marsyalga “Yuventus”, “Atletiko”, “Barselona”, "Sevilya" hamda "Nyukasl" qiziqish bildirgan aytilgandi. 26 yoshli futbolchi joriy mavsum APLda 7 o'yinda qatnashib, bitta gol urdi.
Havola :
Fikrlar