So’nggi yangiliklar

20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0

29 dek 10:02
Yangiliklar

SHaxmat

Rapid bo'yicha jahon chempioni o'zgardi. Nodirbek "vakolat"ni topshirdi

Qozog'istonning Almati shahrida shaxmatning rapid yo'nalishida o'tkazilgan jahon chempionati o'z yakuniga etdi.

Uch kun davomida dunyoning 178 nafar shaxmatchisi 13 turda g'oliblik yo'lida kurash olib bordi. Yakunda jahon tojdori Magnus Karlsen 13 imkoniyatdan 10 ochko jamg'arib, rapid yo'nalishi bo'yicha jahon chempioniga aylandi. Bundan avvalgi jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov esa 8,5 ochko bilan Top-10`ni yakunlab berdi.


Rapid bo'yicha jahon chempionati. Top-10 

1. Magnus Karlsen (Norvegiya) – 10

2. Vinsent Kaymer (Germaniya) – 9,5

3. Fabiano Karuana (AQSH) – 9,5

4. Daniil Dubov (Rossiya) – 9

5. Arjun Erigaysi (Hindiston) – 9

6. Vladimir Fedoseev (Rossiya) – 9

7. Vladislav Artemev (Rossiya) – 9

8. Rixard Rapport (Ruminiya) – 9

9. Nixal Sarin (Hindiston) – 8,5

10. Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) – 8,5... 


Ayollar o'rtasidagi rapid bahslarida xitoylik Tan Jongi 8,5 ochko bilan jahon chempioni bo'ldi. Qozog'istonlik Dinara Saduakasova ham 8,5 ochko jamg'ardi. Lekin qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ikkinchi o'rinni egalladi. Kuchli uchlikka SHri Savita (Hindiston) 8 ochko bilan yakun yasab berdi.

O'zbekistonlik ayol shaxmatchilardan eng yaxshi natijani Umida Omonova qayd etdi - 30-o'rin. Jahon chempionatida 11 nafar (8 erkak, 3 ayol) o'zbekistonlik shaxmatchi o'z imkoniyatini sinab ko'rdi. So'nggi turda yosh shaxmatchimiz Afruza Hamdamova birinchi ayol grossmeysterimiz Nafisa Mo'minova o'zaro uchrashuvda mag'lubiyatga uchratdi. 


SHaxmatchilarimiz egallagan o'rinlar (erkaklar):

10. Nodirbek Abdusattorov - 8,5 ochko

39. SHamsiddin Vohidov - 8 ochko (23-o'rindagi shaxmatchida ham 8 ochko)

69. Javohir Sindarov - 7 ochko

85. Muhiddin Madaminov - 7 ochko

88. Nodirbek Yakubboev - 6,5 ochko

98. Muhammadzohid Suyarov - 6,5 ochko

130. Jahongir Vohidov - 5,5 ochko

165. Humoyun Begmuratov - 4 ochko 


SHaxmatchilarimiz egallagan o'rinlar (ayollar):

30. Umida Omonova - 6,5 ochko

55. Afruza Hamdamova - 5,5 ochko

68. Nafisa Mo'minova - 4,5 ochko

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing