So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

25 mar 12:33
Yangiliklar

SHaxmat

Rapid bo'yicha o'tkazilayotgan O'zbekiston chempionatidan FOTOREPORTAJ

Teglar :  SHaxmatRapid
Xalqaro shaxmat akademiyasida 8 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan o'g'il va qiz bolalar o'rtasida shaxmatning rapid yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston chempionati boshlandi.

Birinchi kuni musobaqaning 4 ta turi o'tkazildi. Yuz nafardan oshiq shaxmatchi ishtirok etayotgan turnirda hozircha Abdurahmon Zayniddinov va Akbar Allaberganov (Toshkent) 3,5 ochkodan jamg'arib, peshqadamlik qilishyapti.

10 yoshlilar o'rtasidagi bahslarda Javohir Bozorov (Toshkent) va Abdulqodir Bahodirov (Andijon) 4 imkoniyatdan 4 ta ochkoga ega bo'lishdi. SHaxrombek Karimov (Buxoro) o'z guruhida peshqadam bo'lib turibdi. Uning hisobida 4 ta g'alaba.

Samarqandlik Akobirxon Saydaliev ham tengdoshlari orasida g'olib bo'lib turibdi (4 ochko). Muhriddin Madaminov (Toshkent) va Davron SHaripov (Qashqadaryo) 16 yoshlilar o'rtasida mahorat ko'rsatib, 4 imkoniyatdan 3,5 ochko jamg'arishgan. Samandar SHermuhammadov (Toshkent viloyati) tengdoshlari ichida yakka peshqadam. Uning hisobida 3,5 ochko bor.

Qizlar o'rtasidagi musobaqada Moxina Karimova (Namangan), Sevinch Davlatova (Qashqadaryo), Ruqiya Olimova (Samarqand), Malika Jumaeva (Sirdaryo), SHarofatbegim Saydalieva (Samarqand), Barchinoy SHokirjonova (Navoiy), Umida Omonova (Surxondaryo), Dilobar Hamroeva (Toshkent) lar o'z guruhlarida peshqadamlik qilmoqda.

Rapid yo'nalishi bo'yicha musobaqalar bugun nihoyasiga etadi. Ertaga, 26 mart kuni esa shaxmatning blic yo'nalishi bo'yicha mamlakat chempionati o'tkaziladi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing