19 avg 07:25
Yangiliklar
Futbol

Raqibimiz Qatar Iordaniyani mag'lub etdi, Soriyadan xet-trik
JCH-2018 hal qiluvchi 3-saralash bosqichidagi raqibimiz Qatar terma jamoasi Iordaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
SHveycariyaning Lyucern shahridagi Swisspor Arena stadionida o'tgan uchrashuvda qatarlik futbolchilar 3:2 hisobida zafar quchishdi. Qatar terma jamoasi tarkibida Sebastyan Soriya Kuintana xet-trikka erishdi.
Iordaniyalik futbolchilar tomonidan kiritilgan gollarga 29-daqiqada penaltidan Baxa Abdulrahmon, 76-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Halil Bani Atyax mualliflik qilishdi. Sebastyan Soriya o'z gollarini 15, 54 va 80-daqiqalarda kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Qatar terma jamoalari 6 sentyabr kuni 2-tur doirasidagi uchrashuvda o'zaro to'qnash kelishadi. Ushbu o'yin Doha shahrida bo'lib o'tadi. Ayni paytda Qatar bo'lajak o'yinga SHveycariyaning Cyurix shahrida tayyorgarlik ko'rmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar