27 sen 21:59
Yangiliklar
Futbol

Rashidovning goli “Jayish”ga “Al Ayn” bilan o'yinda yordam bermadi
Bugun Osiyo chempionlar ligasining yarim final bosqchidan o'rin olgan ilk uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda Toshkentning “Lokomotiv” klubini chorak final bosqichida kurashdan chiqarib yuborgan BAAning “Al Ayn” jamoasi Qatarning “Al Jayish”ini qabul qildi.
Uchrashuvda hamyurtimiz Sardor Rashidov to'p tepayotgan “Al Jayish” klubi 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Terma jamoamiz yarim himoyachisi klubining yagona goliga mualliflik qildi. Sardor 52-daqiqada belgilangan penaltini golga aylantirdi.
Maydon egalaridan esa 16-daqiqada Duglas, 21-daqiqada Umar Abdulrahmon, 90+1-daqiqada Kayo kiritilgan gollarga mualliflik qilishdi. Javob uchrashuvi Doha shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar