So’nggi yangiliklar

15:40ПСЖ Энрике билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда 0 15:19Дмитрий Бивол P4P рейтинги ТОП-3'ликдан чиқиб кетди 0 14:49Арман Царукян Холлоуэй ва Оливейра ўртасидаги реванш учун тахмин билдирди 0 14:27Мовсар Евлоев UFC дебютанти билан жангдан воз кечганини айтди 0 14:06ESPN’нинг P4P рейтинги янгиланди. Бивол энди Топ-3’да эмас! 0 13:45"Реал" Родрининг "Манчестер Сити" билан шартнома узайтиришини барбод қилмоқчи 0 13:24Брэндон Фигероа нокаут эвазига WBA камарини қўлга киритди 0 13:03Юнон-рум кураши бўйича терма жамоамиз Беларусдаги турнирда иккинчи бўлди 0 12:42UFC Fight Night 266. Қозоғистонлик жангчида бонус 0 12:21Левандовски Месси ва Роналдунинг натижасини такрорлади 0 12:00Mangu MMA Лигасининг яқин бир йил ичида нечта турнир ўтказиши айтилди 0 11:39Жастин Гэтжи барча даврларнинг энг буюк спортчиси ким эканини айтди 0 11:18Усман Нурмагомедов чемпионлик камарини ҳимоя қилди 0 10:57Роналду "Ал-Насср" раҳбариятига шарт қўйди 0 10:36Шарифа Давронова ва Жонбиби Ҳукмова Осиё чемпионатида тенгсиз! 0

18 dek 10:59
Yangiliklar

Boshqalar

Rasman! 2025 yilgi Islom birdamligi o'yinlari Ar-Riyodda o'tkaziladi

Ayni kunlarda Albaniya poytaxti Tirana shahrida Islom birdamligi sport associaciyasi ((ISSA)ning navbatdagi Sessiyasi bo'lib o'tmoqda.

Unda kelasi yil o'tkazilishi ko'zda tutilgan Islom birdamligi o'yinlarining mezbonligi va tashkilotning kelgusidagi faoliyatiga oid masalalar ko'rib chiqilyapti. Mazkur tadbirda O'zbekiston MOQ nomidan Xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashev ham ishtirok etmoqda.

Yig'ilishda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod kelasi yil Islom birdamligi o'yinlariga mezbonlik qilishi rasman tasdiqlandi. Bo'lajak musobaqa 7-21 noyabr kunlariga belgilangan. Uning dasturidan 13 ta Olimpiya, 4 ta noolimpiya, 3 ta Paralimpiya va 1 ta milliy sport turi o'rin olgan. Dasturga ko'ra, bugun xalqaro tashkilotning Ijroqo'm yig'ilishi va Bosh Assambleyasi o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, so'nggi Islom birdamligi o'yinlari 2022 yil Turkiyaning Konya shahrida o'tkazilgan bo'lib, unda O'zbekiston delegaciyasi 56 ta davlat orasida 51 ta oltin, 42 ta kumush va 65 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida mezbonlardan so'ng faxrli ikkinchi o'rinni egallagan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing