10 dek 09:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman! Amirxon Alixo'jaevning Toshkentdagi raqibi elon qilindi + POSTER
29 dekabr kuni Toshkent shahridagi "Humo Arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 68 musobaqasi o'tkaziladi.
Turnir doirasida engil vaznli o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Amirxon Alixo'jaev ham o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi. Unga o'sha kuni Braziliya vakili Elismar Lima raqiblik qiladigan bo'ldi.
Oqshomning markaziy jangi vazn chempioni Anvar Abdullaev hamda ozarbayjonlik Farid Alibabazade o'rtasida kechadi.
Malumot uchun, Amirxon Alixo'jaev faoliyati davomida hozirgacha 15 ta jang o'tkazib, 11 g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan. Lima hisobida esa 30 g'alaba va 12 mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar