24 iyu 15:53
Yangiliklar
Futbol

Rasman: "Arsenal" 4 o'yinchisi bilan shartnomani uzaytirdi
Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati 33 yoshli himoyachi David Luis bilan shartnoma uzaytirilganini elon qildi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, tomonlar 2020/21 yilgi mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzolashdi.
Bundan tashqari, Angliya klubi himoyachilar Sedrik Soaresh va Pablo Marilar bilan ham yangi shartnoma imzoladi. Madridning "Real" klubidan ijara asosida o'ynayotgan Daniel Sebalosning bitimi joriy mavsumning so'nggiga qadar uzaytirildi.
Havola :
Fikrlar