14 avg 15:26
Yangiliklar
Futbol

Rasman: "Arsenal" Villianning transferini elon qildi
"CHelsi" sobiq yarim himoyachisi Villian "Arsenal" o'yinchisiga aylandi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, o'yinchi "to'pchilar" bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi. Braziliyalik yangi jamoasida 12-raqam ostida to'p tepadi. Villian "Arsenal"da haftasiga 220 ming funt miqdorida maosh oladi.
Futbolchi joriy mavsum "CHelsi" tarkibida APL doirasidagi 36 ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 9ta assist qayd etdi. Villian 2013 yilning avgustidan beri "CHelsi"da to'p tepardi. U klub bilan ikki bor APL va bir bor mamlakat Kubogiga ega chiqdi.
Havola :
Fikrlar