06 iyu 19:13
Yangiliklar
Futbol

Rasman. "Atletiko" "CHelsi" futbolchisini sotib oldi
Madridning "Atletiko" klubi jamoa tarkibida ijarada o'ynayotgan Alvaro Moratani sotib oldi.
"Atletiko" Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Moratani rasman sotib oldi.
Morata kelasi mavsum ham ijara asosida madridliklar tarkibida harakat qiladi. 2020/21 yilgi mavsumdan esa forvard to'liq ravishda "Atletiko" futbolchisi sifatida o'ynaydi.
Alvaro "matraschilar" libosida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 1 ta assistga erishgan. Morata "Atletiko" va "CHelsi"dan tashqari "Yuventus" va "Real" kabi klublarda ham to'p surgan.
Havola :
Fikrlar