08 okt 11:43
Yangiliklar

Rasman: “Atletiko” sardori shartnomasini uzaytirdi
Futbolchining bundan avvalgi imzolagan shartnomasi joriy mavsum so'nggi yakuniga etardi. Yangi kelishuvga ko'ra, Gabi 2018 yilga qadar “matraschilar” sharafini himoya qiladi.
Eslatib o'tamiz, Gabi “Atletiko” klubi tarbiyalanuvchisi xisoblanadi. U 2004 yilda bosh jamoa tarkibida debyutini nishonlagandi. 2004/2005 yilgi mavsumda xavbek “Xetafe” klubiga ijaraga berilgan. 2007 yildan 2011 yilgacha esa Gabi “Saragosa” jamoasi sharafini himoya qilgan.
Aynan 2011 yilda yana Madridga qaytgan futbolchi o'shandan beri jamoa safida to'p tepib kelyapti. Ispaniyalik 33 yoshli futbolchi 2013/2014 yilgi mavsumda mamlakat chempioni bo'ldi. 2012 yili Evropa Ligasi g'olibi, o'sha yili Evropa Superkubogida zafar quchdi.
Fikrlar