16 avg 15:50
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/3056_220.jpg)
Rasman. “Bernli” Defurni rekord summaga sotib oldi
Belgiyaning “Anderlext” klubi yarim himoyachisi Stiven Defur faoliyatini Angliyaning “Bernli” jamoasida davom ettiradi.
Tajribali xavbek ingliz klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. “Bernli” klubi rahbariyati futbolchining transfer summasi klub uchun rekord darajada bo'lganini tasdiqladi. Lekin aniq summa aytilmayapti.
Defur “Bernli”ni tark etgan Joi Bartonning o'rnini egallaydi. Barton SHotlandiyaning “Glazgo Reynjers” klubiga ko'chib o'tdi. Yangi mavsumning ilk turida “Bernli” o'z maydonida “Suonsi”ga mag'lub (0:1) bo'ldi.
Havola :
Fikrlar