06 iyu 17:20
Yangiliklar
Rasman: Boks bo'yicha jahon chempionatlarida vazn toifalari ko'paytirildi
Xalqaro boks federaciyasi (AIBA) vazn toifalari ko'paytirilganini rasman malum qildi.
O'zgarishlar 1 avgustdan kuchga kiradi. Unga ko'ra, jahon chempionatlari quyidagi vazn toifalarida o'tkaziladigan bo'ldi:
Erkaklar: -48 kg, -51 kg, -54 kg, -57 kg, -60 kg, -63,5 kg, -67 kg, -71 kg, -75 kg, -80 kg, -86 kg, -92 kg, +92 kg; (umumiy - 13 ta)
Ayollar: -48 kg, -50 kg, -52 kg, -54 kg, -57 kg, -60 kg, -63 kg, -66 kg, -70 kg, -75 kg, -81 kg, +81 kg. (umumiy - 12 ta)
Ushbu vazn toifalari yoshlar va kattalar o'rtasidagi jahon chempionatlarida amal qiladi. 2024 yili Parij mezbonlik qiladigan Olimpiya o'yinlarida erkaklar o'rtasida 7 ta, ayollar o'rtasida esa 6 ta vazn toifasida bahslar o'tkaziladi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar