So’nggi yangiliklar

19:02Шавкат Раҳмонов қачон октагонга қайтишини айтди 0 18:39"UFC 318 турнири у учун ташкил этилмоқда" — Дана Уайт 0 18:17Усман: "Бундан қутилишим керак эди" 0 17:53Бэйл Англия клуби эгаларидан бирига айланиши мумкин 0 17:26Махачевнинг мураббийи: "Яримўрта вазнга ўтиш режаси Топурия пайдо бўлгунича ҳам бор эди" 0 17:01Топурия – Оливейра тўқнашуви учун захира жангчиси маълум 0 16:38Германияда ҳали мағлубиятга учрамаган боксчи ўлдириб кетилди 0 16:16Уч нафар ўзбекистонлик футболчи Англия клубида кўрикдан ўтиш учун жўнаб кетди 0 15:52UFC on ESPN 69 турнири иштирокчилари гонорарлари эълон қилинди: Усманда энг кўпи эмас 0 15:30Нигина Абдураимова узоқ йиллардан кейин терма жамоа сафида! Теннисчиларимиз Billie Jean King Cup турниридаги иштирокини бошлади 0 15:08Ислам Махачевнинг ММАда яна нечта жанги қолгани айтилди 0 14:45Неймарнинг келажаги маълум 0 14:24Новак Жокович: "Менга мотивация бериб турадиган биргина мусобақа қолди" 0 14:03Эдди Хирн Энтони Жошуанинг эҳтимолий рақибларини санади 0 13:42Фаолиятини якунлаган Жозе Альдо UFC рўйхатидан ўчирилди 0

03 avg 19:15
Yangiliklar

Futbol

Rasman: Coca Cola Superliga avgust so'nggigacha markazlashgan holda o'tadi

Bugun - 3 avgust kuni Coca Cola Superliga klublari bosh murabbiylari va rahbarlari, shuningdek, O'zPFL va O'FA rahbariyati chempionat uchrashuvlarini qanday davom ettirish yuzasidan fikr almashdi.

Yig'ilishga O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov hamda O'zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev boshchilik qildi.

Mavjud sharoitdan kelib chiqib, avgust oyi so'ngiga qadar Superliganing birinchi davra uchrashuvlari markazlashgan holda Toshkent shahri va viloyati stadionlarida o'tadigan bo'ldi. Bunda asosiy jamoalar tabiiy maydonlarda, U-21 jamoalari esa suniy maydonlarda uchrashuv o'tkazadi.

Qayd etish kerak, O'zPFL mazkur yig'ilishda musobaqalarni o'tkazish yuzasidan ikki xil variantni prezentaciya qildi. SHuningdek, ayni holat hamda taqvimdagi noqulayliklar borasida tushuntirish berildi, markazlashgan musobaqaning afzalliklari va kamchiliklari slayd ko'rinishida tushuntirildi. SHundan so'ng, klublar vakillariga o'zaro fikr almashish uchun tanaffus berildi. Yakunda markazlashgan turnir loyihasi klublar vakillari tomonidan maqulladi. 

Kelishuvga ko'ra, hech bir jamoa o'z maydonida uchrashuv o'tkazmaydi. Barcha uchrashuvlar neytral stadionda o'tkaziladi. Klublar o'zlari tanlab olgan qarorgohda istiqomat qiladi va u erdan faqatgina mashg'ulot hamda o'yinlarga ruxsat etilgan avtomobilida qatnaydi.

O'zPFL pandemiya davrida futbol uchrashuvlarini qayta tiklash shartlari aks etgan reglamentni taqdim etdi. Avgust oyidagi o'yinlar davomida mana shu reglamentga amal qilinishi nazorat qilinadi. O'zPFL tibbiyot xodimlaridan iborat komissiya tuzishni rejalashtirgan. Mazkur komissiya klublardagi holatni o'rganib boradi.

CHempionatning ikkinchi davrasi va hamda kubok uchrashuvlarining qayt tartibda o'tishi masalasi keyinroq muhokama etiladigan bo'ldi. Buning uchun milliy terma jamoaning Tojikiston va Eronga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushishi yoki tushmasligi masalasi to'liq hal etilishi lozim. SHundan keyingina kuz fasli uchun navbatdagi rejalarni ishlab chiqish mumkin. Katta ehtimol bilan formatning o'zgarishi mumkinligi, shundan kelib chiqib, jamoalar turnir jadvalidagi o'rinlarini yaxshilab olish uchun jiddiy bel bog'lashlari tushuntirildi. Holat bir necha oylik rejalar ishlab chiqish imkonini bermaydi. 

Terma jamoalardan tashqari OFK miqyosida o'tadigan Osiyo CHempionlar ligasi musobaqasi hamda O'zbekiston mezbonligida o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati masalasi bilan bog'liq yangiliklar ham har qanday rejaga o'z tasirini o'tkazadi. O'zPFL termalar bilan bog'liq jarayonlar hal etilishiga, avia va temir yo'l qatnovlari tiklanishiga hamda karantin qoidalarining yana bir qator meyorlari o'zgarishiga qarab keyingi rejalarni ochiqlab boraveradi.

Quyida o'yinlar jadvali bilan tanishish mumkin. Qaysi uchrashuvning qaysi maydonda o'tishiga yaqin kunlar ichida oydinlik kiritiladi.

9-tur

14 avgust, Juma

 Buxoro

-

Bunyodkor

 

10-tur

17 avgust, Dushanba

Nasaf

-

So'g'diyona 

Bunyodkor

-

Metallurg

AGMK

-

Lokomotiv

18 avgust, Seshanba

Qo'qon-1912

-

Paxtakor

Mashal

-

Andijon

Qizilqum

-

Buxoro 

19 avgust, CHorshanba

Surxon

-

Navbahor 

 

11-tur

20 avgust, Payshanba

So'g'diyona

-

Bunyodkor

21 avgust, Juma

Paxtakor

-

Nasaf

Andijon

-

AGMK 

Lokomotiv

-

Qo'qon-1912

22 avgust, SHanba

Navbahor

-

Mashal

Metallurg

-

Qizilqum

Buxoro

-

Surxon

 

12-tur

24 avgust, Dushanba

Nasaf

-

Bunyodkor

Qo'qon-1912

-

Andijon

Paxtakor

-

Lokomotiv

25 avgust, Seshanba

AGMK

-

Navbahor  

Surxon

-

Metallurg

Qizilqum

-

So'g'diyona

26 avgust, CHorshanba

Mashal

-

Buxoro

 

13-tur

27 avgust, Payshanba

Andijon

-

Paxtakor

Lokomotiv

-

Nasaf

28 avgust, Juma

So'g'diyona

-

Surxon

Navbahor

-

Qo'qon-1912

Bunyodkor

-

Qizilqum

29 avgust, SHanba

Buxoro

-

AGMK

Metallurg

-

Mashal

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing