So’nggi yangiliklar

20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:36Мужибилло Турсунов Россиядаги IBA турнирида ғалабага эришди 0 18:17Мозес Итаумани рингдан замбилда олиб чиқиб кетишди (ВИДЕО) 0 17:44Ян Диоманденинг "Реал"га трансфери мадридликларга 230 миллион еврога тушади 0 17:08Бу факт: Нурсултон Рўзибоев UFC'да энг узун ғалабали сериядаги тўрт жангчидан бири! 0 16:35US Open 2026. Бугун Раҳимова, эртага Тимофеева асосий тўрдаги иштирокини бошлайди 0 16:01Гусковнинг мураббийи: "Мағлубият сабабини биламан" 0 15:36"Ман Сити" "Ливерпуль" футболчисига 99 млн таклиф қилишга тайёр — Романо 0 15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0

13 sen 15:35
Yangiliklar

Tennis

Rasman. Federer, Vavrinka, CHidunelli Toshkentga kelmadi

16-18 sentyabr kunlari tennis bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Jahon ligasiga chiqish uchun pley-off o'yinida SHveycariyaga qarshi o'ynaydi.

Biz uchun ahamiyatlisi, Toshkentga kelgan terma jamoa tarkibidan SHveycariya tennisining uch nafar eng kuchli raketka ustalari joy olmagan. Dunyoning to'rtinchi raketkasi Rojer Federerning avvaldan poytaxtimizga kelmasligi aniq bo'lgandi.

Kuni kecha yilning to'rtta eng yirik turniridan biri – US Open-2016 musobaqasi g'olibliga aylangan Sten Vavrinka ham yurtimizga tashrif buyurmaydigan bo'ldi. Vavrinka dunyo reytingida 3-o'rinni egallab turibdi.


SHuningdek, SHveycariyaning uchinchi raketkasi, dunyo reytingida 144-pog'onadan joy olgan Marko Kyudinelli ham tennischilarimizga qarshi uchrashuvga kelmadi.

Kyudinellining o'rnini reytingda 890-o'rinni egallab turgan Yoan Nikles to'ldirdi. ATP reytingida 161-pog'onani band etib turgan 25 yoshli Genri Laksonen SHveycariyaning birinchi raketkasi sifatida Toshkentga kelgan. Ikkinchi raketka Adrien Bossel reytingda 472, Entoni Beler esa 537-o'rindan joy olgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi saralashda Xitoy tennischilarini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, pley-offda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgandi.

SHveycariyaliklar esa Jahon ligasi birinchi bosqichida Italiyaga qarshi o'yin o'tkazib, 0:5 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi. O'zbekiston – SHveycariya uchrashuvi g'olibi Jahon ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. 


Reyting: +3   

Fikrlar

   
14 sen 07:48:05
Husniddin Mirzaliyev
Xudo xoxlasa qiyinchilik bo'lmaydi!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing