05 iyu 11:15
Yangiliklar

Rasman: Glik faoliyatini “Monako”da davom ettiradi
“Monako”
klubi 28 yoshli futbolchi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Transferning moliyaviy tomonlari
oshkor qilinmayapti. SHunday bo'lsada, matbuotda “Monako” Glik uchun “Torino”ga
taxminan 11-12 mln evro sarflagani aytilmoqda.
Futbolchining o'zi esa yangi klubida yiliga 2 mln evro maosh oladi. Kamil Glik “Torino” safiga 2011 yili kelib qo'shilgandi. O'sha yili jamoa Italiya V seriyasida o'ynardi. Glik Polsha terma jamoasi tarkibida Evro-2016 bahslarida o'zini ijobiy tomondan ko'rsata oldi.
Eslatib
o'tamiz, Polsha terma jamoasi 1/4 finalga qadar etib bordi va musobaqani
mag'lubiyatsiz tark etdi. Aynan shu bosqichda polshaliklar penaltilar seriyasida Portugaliyaga
yutqazishdi. Glik boshchiligidagi himoyachilar 5ta o'yinda bor yo'g'i 2ta gol o'tkazib
yuborishdi.
Fikrlar