02 iyu 08:31
Yangiliklar
Futbol
Rasman. Gollandiya chempionati to'purari La Liga klubiga o'tdi
Gollandiyaning PSV klubi hujumchisi Lyuk de Yong faoliyatini "Sevilya"da davom ettiradi.
Andalusiyaliklar futbolchini 12,5 mln. evroga qo'lga kiritgani taxmin qilinmoqda. 28 yoshli futbolchi rahbariyatga klubdan ketmoqchiligini malum qilgan va jamoa vakillar unga muzokaralar o'tkazish uchun ijobiy javob bergan. De Yong yangi klubi bilan 2022/23 yilgi mavsumga qadar shartnoma imzoladi.
Gollandiya terma jamoasi forvardi joriy mavsum barcha musobaqalarda 44 o'yinda maydonga tushib raqiblar darvozasini 32 bora aniq nishonga oldi. SHuningdek, Lyuk de Yong Gollandiya chempionatining 2018/19 yilgi mavsumida 28 ta gol bilan to'purar bo'lishga (Dushan Tadich bilan birgalikda) erishdi.
Havola :
Fikrlar