09 avg 16:35
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/80338_220.jpg)
Rasman: Gyundogan "Manchester Siti" bilan shartnomasini uzaytirdi
Germaniyalik yarim himoyachi Ilkay Gyundogan "Manchester Siti" bilan yangi shartnoma imzoladi.
Yangi shartnomaga ko'ra, 28 yoshli futbolchi jamoada 2023 yilgacha qoladi. Gyundogan "Siti"ga 2016 yilda Dortmundning "Borussiya" klubidan 27 million evro evaziga o'tgan edi.
Futbolchi "shaharliklar" tarkibida 115 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urishga erishdi. Yarim himoyachi klub bilan 2 karra Angliya chempioni, 2 karra Angliya Liga Kubogi va 1 marta mamlakat kubogiga ega chiqdi.
Havola :
Fikrlar