So’nggi yangiliklar

10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0 11:37Йэн Гэрри шу йилнинг охиригача яна жанг қилади — манба 0 09:46Жавоҳир Умматалиевнинг жанг санаси ва манзили ўзгарди 0

20 may 08:01
Yangiliklar

Xokkey

Rasman. "Humo" bu mavsum qaysi chempionatda ishtirok etishini elon qildi

SHuningdek, klubi murabbiylar shtabi va tarkib ham yangilanmoqda.

"Humo" joriy yilgi mavsumda ham Qozog'iston chempionatida ishtirok etadi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

"Hurmatli «Humo» jamoasi va barcha xokkey muxlislari! Og'ir va bahsli mavsum yakunidan keyingi qisqa tanaffusdan so'ng yana sizlar bilan birgamiz. 

Yangi "Pro Xokkey Ligasi" mavsumiga tayyorgarlik ko'rish jarayonida voqealardan doimo habardor bo'lishingiz uchun sizlarga eng muhim klub yangiliklarini taqdim etishda davom etamiz. 

Muhim yangiliklaridan biri – «Humo» jamoasining 2024-2025 yilgi mavsumda murabbiylar shtabiga Dmitriy Kataev boshchilik qiladi! O'tgan mavsumda Dmitriy Vladimirovich boshchiligidagi Ko'kshetauning «Arlan» jamoasini mavsum chempioni va Kubok g'olibiga aylantirgan. 

«Humo» tarkibi mavsumlar oralig'ida jiddiy ravishda yangilanishi kutilmoqda. Jamoa o'z o'yin uslubini o'zgartirishga intilmoqda. Ayni paytda klub yangi o'yinchilar bilan to'ldirildi, jumladan, CHempionatning amaldagi g'olibi «Arlan» jamoasi hujumchisi - Artyom Lixotnikov va himoyachisi Ivan Stepanenko. 

Jamoaning mavsumoldi mashg'ulotlarini boshlash uchun yig'ilishi 5-7 iyul kunlariga belgilangan", deyiladi jamoa xabarida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing