13 avg 15:23
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/80828_220.jpg)
Rasman: Ivan Perishich - "Bavariya" futbolchisi
Xorvatiyalik chap qanot vingeri Ivan Perishich ijara asosida "Bavariya" klubiga o'tdi.
Myunxenliklar xorvatiyalik futbolchini keyingi yilda 20 million evro evaziga sotib olish imkoniyati bilan 5 million evroga ijaraga olishlari kutilayotgan edi.
Perishich Milan klubiga 2015 yilda "Volfsburg"dan o'tgan. Futbolchining "Inter" klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan edi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi o'tgan mavsumda Italiya klubi safida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urishga muvaffaq bo'lgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar