23 may 03:58
Yangiliklar
Futbol

Rasman: JCH-2022da nechta jamoa qatnashishi malum bo'ldi
FIFA 2022 yil Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati 32ta terma jamoa qatnashishini rasman elon qildi.
Bunga qadar jamoalar sonini 48taga etkazish borasida ishlar olib borilgandi. Biroq Qatarning hech bir qo'shnisi mundial o'yinlarini qabul qilishga tayyor emasligi malum bo'ldi.
Qatarning o'zi stadionlar uchun talab kichikroq bo'lgan taqdirda 48ta jamoalik musobaqani o'tkazishga ham tayyor edi. Qatar avvaldan aytilganidek 8ta stadionga qo'shimcha tarzda yana 4ta stadionni mundial uchun tayyorlashi mumkin edi, faqat ularning sig'imi 20 000 tomoshabindan kam bo'lardi. FIFA esa bunga rozi bo'lmadi.
SHu tariqa 2022 yilgi mundialda o'tgan yillardagi kabi 32ta terma jamoa ishtirok etadi.
O'zbekiston terma jamoasi shu yilning sentyabr oyidan Jahon chempionati saralash bahslarini boshlaydi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar