24 sen 16:17
Yangiliklar
Rasman. Kevin Garnett faoliyatini yakunladi
Hujumchi o'z qarorini “Minnesotta Timbervulvz” klubi rahbariyatiga etkazdi.
“Men barchaga rahmat aytmoqchiman. Ular hamisha meni qo'llab-quvvatlab kelishgan. SHunday muxlislar borligidan xursandman. Lekin hamma narsaning boshlanishi bo'lganidek, yakuni ham bor”, - dedi Garnett.
O'z o'rnida “Minnesotta” klubi boshlig'i Glen Teylor ham o'z o'rnida basketbolchining qaroriga o'z munosabatini bildirdi.
“Kevin ko'z ostimda o'sdi. Fursatdan foydalanib, unga jamoamiz g'alabalari va muvaffaqiyatlariga qo'shgan xissasi uchun minnatdorchilik bildiraman. U o'z o'yinlari bilan jamoamiz muxlislarining quvonchiga sababchi bo'ldi”, - dedi Teylor.
Malumot uchun, 40 yoshli Garnetning “Minnesotta” bilan yana bir yillik shartnomasi bor edi. Kelishuvga ko'ra, u mana shu bir mavsum uchun 8 mln. dollar maosh olishi kutilgandi. Garnett Milliy Basketbol associaciyasida o'tkazgan umumiy 21 mavsumi davomida “Minnesotta”, “Boston Seltiks” va “Bruklin Nets” jamoalari sharafini himoya qildi.
Fikrlar