24 dek 09:35
Yangiliklar

Rasman! Kyortis Bleyds keyingi jangini rossiyalik debyutantga qarshi o'tkazadi
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi rossiyalik Rizvan Kunievga qarshi oktagonga chiqadi. Bu Rizvan uchun dunyoning eng kuchli ligasidagi debyut jang bo'ladi. Ushbu jang 23 fevral kuni AQSHning Vashington shtati Sietl shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night 252 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Kyortis so'nggi jangini shu yilning 29 iyul kuni Manchester shahridagi UFC 304 turnirida angliyalik Tom Aspinallga qarshi o'tkazgandi. Vaqtinchalik UFC chempionlik kamari uchun kechgan o'sha to'qnashuvda Tom birinchi raunddayoq Bleydsni nokautga uchratgan edi.
Rizvan Kuniev esa shu yilning 21 avgust kuni Dana White's Contender Series davogarlar turnirida braziliyalik Ugo Kuneni birinchi raundda texnik nokaut evaziga taslim etgandi.
Fikrlar