17 dek 19:11
Yangiliklar
Futbol

Rasman. Maksim SHackix "Rotor"da ish boshlaydi
O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim SHackix faoliyatini Rossiyada davom ettiradi.
Hamyurtimiz Volgogradning "Rotor" klubida Aleksandr Xackevichga yordam beradi. Bu haqda Maksim SHackix championat.asia saytiga malum qildi.
Eslatib o'tamiz, Xackevich bunga qadar Minskning va Kievning “Dinamo” klublarida bosh murabbiy bo'lib ishlagan. Belarusning o'smirlar va milliy terma jamoalarida faoliyat olib borgan. SHackix Kievning "Dinamo" klubida Xackevichga yordam bergan edi.
Malumot uchun, "Rotor" ayni paytda Rossiya birinchi divizionida ishtirok etmoqda. Klub 25-turdan so'ng 52 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar