26 fev 17:42
Yangiliklar
Futbol

Rasman: "Manchester Siti" evrokuboklardan chetlatilgani borasida CASga shikoyat berdi
Xabaringiz bor, bundan avval "shaharliklar" kelasi ikki mavsum CHLda ishtirok etishdan huquqidan mahrum bo'lishgan edi.
Lozannadagi sport arbitraj sudi "Manchester Siti"ning moliyaviy feyr-pley qoidalarining buzilishi ortidan ikki yilga evrokuboklardan chetlatilgani borasidagi shikoyatini ro'yxatga oldi.
CAS UEFAning ushbu qaroriga shikoyatni 2020 yilning 14 fevralida qabul qilgan.
Ushbu ish bo'yicha ishchi guruh tuziladi va vaziyat o'rganiladi, shundan so'ng esa qaror qabul qilinadi. Arbitraj sudi qarorni qachon qabul qilishi borasida malumotlar hozircha yo'q.
Eslatib o'tamiz, UEFA bundan tashqari Manchester klubiga 30 million evro miqdoridagi jarima to'lashni ham yuklatgan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar