19 dek 15:29
Yangiliklar
Futbol

Rasman: "Manchester Yunayted"ni vaqtinchalik boshqaradigan murabbiy nomi malum qilindi
"Manchester Yunayted" rasmiy sayti jamoani mavsum oxirigacha boshqaradigan murabbiy nomini elon qildi.
MYUning norvegiyalik sobiq hujumchisi Ole-Gunnar Sulsher joriy mavsum yakunigacha "qizil iblislar" bosh murabbiyi sifatida ishlaydi.
Unga Mayk Filan, Maykl Kerrik va Kiran MakKenna yordam beradi.
Eslatib o'tamiz, 18 dekabr kuni Joze Mourinyu "Manchester Yunayted" bilan hamkorlikni to'xtatgan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar