27 jan 12:02
Yangiliklar
Futbol

Rasman: Nesterov Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnoma imzoladi
2014 yildan buyon "Lokomotiv" sharafini himoya qilayotgan posbon endilikda Saudiya Arabistonining "Uhud" klubi darvozasini qo'riqlaydi.
To'rt yillik faoliyati davomida Ignatiy "Lokomotiv" tarkibida 160 o'yinda (14433 daqiqa) qatnashdi. SHu orqali u jamoaning mamlakat chempionligini ketma-ket uch marta qo'lga kiritilishida o'zining katta hissasini qo'shdi.
SHuningdek, Ignatiy jami 5ta Osiyo Kubogida qatnashdi va bu borada turnir rekordchisiga aylandi. BAAda davom etayogan musobaqada bir necha bora xorij saytlarining ramziy termasidan o'rin oldi.
Ignatiy Nesterovning statistikasi:
2001 "Dinamo" 24 o'yin
2002-2009 "Paxtakor" 192 o'yin
2010-2013 "Bunyodkor" 137 o'yin
2014-2018 "Lokomotiv" 160 o'yin
2002-2019 O'zbekiston milliy terma jamoasi 106 o'yin
Havola :
Manba : lokomotiv.uz
Fikrlar