01 iyu 15:30
Yangiliklar
Futbol

Rasman: Nolito – “Manchester Siti” futbolchisi!
Ispaniya terma jamoasi hamda “Selta” klubi hujumchisi Nolito faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettiradi.
Angliya klubi rasmiy saytining xabar berishicha, ispaniyalik futbolchi bilan rasman shartnoma imzolandi. Kelishuv 4 yilga mo'ljallangan.
Avvalroq, “Manchester Siti” klubi rahbariyati Nolitoning transferi uchun 18 million evro to'lagani elon qilingandi. O'tgan mavsumda Nolito “Selta” tarkibida 29ta uchrashuv maydonga tushib, 12ta gol kiritgan va 9ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.
Havola :
Fikrlar