02 sen 20:38
Yangiliklar
Futbol
Rasman: O'runov "Ural" azosiga aylandi
O'zbekistonlik yarim himoyachi Oston O'runov “Ural”ga o'tdi.
O'zbekistonlik futbolchi ertaga jamoa safiga qo'shiladi va 5 sentyabr, dushanbadan mashg'ulotlarni boshlaydi.
21 yoshli futbolchi 2 yildan beri Rossiyada to'p tepadi.
2020 yilning fevral oyidan boshlab Oston "Ufa"da to'p tepa boshladi. O'sha yilning avgust oyida yosh yarim himoyachi "Spartak" bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Oston “qizil-oqlar” safida jami 9 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan. 2021 yilning fevralida esa o'zbekistonlik futbolchi ijara asosida "Ufa"ga qaytdi. Umuman olganda, Boshqirdiston klubi futbolchisi jamoada 38 ta o'yin o'tkazdi.
Bugun Oston O'runov "Spartak" bilan shartnomani bekor qilib, erkin agentga aylandi.
Havola :
Fikrlar