So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

02 avg 10:29
Yangiliklar

Futbol

Rasman: O'zbekiston terma jamoasini argentinalik Ektor Kuper boshqaradi

6 avgust kuni O'zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi rasman tanishtiriladi.

O'zbekiston futbol associaciyasi mamlakat bosh jamoasini ishonib topshirish mumkin bo'lgan mutaxassis bilan muzokaralarni yakunladi. O'FA rasmiylari shartnoma imzolash mumkin bo'lgan 10 dan ziyod nomzodlar orasidan argentinalik Ektor Kuper variantida to'xtaldi. 6 avgust kuni mutaxassis jamoatchilikka rasman tanishtiriladi.

Bungacha tashkilot birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov milliy terma jamoaga jahonda o'z obro'siga ega bo'lgan murabbiy olib kelinishi haqida bir necha bor aytib o'tgandi. Bu masala yuzasidan O'FA jiddiy ish olib bordi. Termani qabul qilib olayotgan inson o'zidagi katta masuliyatni his qilishi, xalqimizning ko'p yillik orzusini ro'yobga chiqarishi zarurligini ongli ravishda tushinib etishi kerak edi. SHu vajdan yakuniy qarorga kelish vaqt talab qildi.

Ektor Kuper o'zbekistonlik futbol muxlislari uchun yaxshi tanish. 62 yoshli mutaxassis faoliyati davomida katta hajmdagi ishlarni bajargan hamda futbol olamida o'z nomiga ega bo'lib ulgurgan. U 1996 yil Argentinaning “Lanus” jamoasi bilan KONMEBOL Kubogi sohibi bo'ldi. Bu muvaffaqiyati unga Evropa eshiklarini ochib berdi.

1998 yil Kuper Ispaniyaning “Malorka” klubini mamlakat kubogi finaliga qadar boshlab keldi, Ispaniya Superkubogi uchun maydonga chiqdi. Bir yil o'tib “Malorka” Ektor bilan UEFA Kubogi finaligacha etib keldi.

SHu tariqa murabbiy mashhur “Valensiya” klubi nazariga tushdi. Katta avlod futbol muxlislarimiz yaxshi eslashadi. “Ko'rshapalaklar” 2000 hamda 2001 yilgi mavsumlarda Evropa CHempionlar Ligasining finaligacha etib kelib, ko'pchilikning hayratiga sabab bo'lishdi. Bunda Kuperning roli anchagina katta edi. CHunki “Valensiya”ning finalgacha etib borishi ko'pchilik uchun o'ziga xos syurpriz bo'lgandi.

Keyinroq Ektor Kuper Italiyaning “Inter” hamda Greciyaning “Aris” jamoalarida yaxshi ishladi. Bungacha u 1999 yilda Ispaniyada, 2000 yilda esa Evropada yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgandi.

Ektor Kuperning milliy terma jamoadagi yurishi 2017 yilga to'g'ri keldi. 2015 yil Misr bosh jamoasini qabul qilib olgan Kuper, oradan ikki yo'l o'tib jamoasini Afrika Millatlar Kubogi finaliga qadar boshlab keldi. SHuningdek, 28 yildan buyon mundial chiptasini qo'lga kirita olmayotgan misrliklarni Rossiya—2018 sari boshlab bora oldi. Mashhur Muhammad Salohning mamlakat qahramoniga aylanishi aynan Ekter Kuper davriga to'g'ri keldi.

Endilikda O'zbekiston milliy terma jamoasining taklifini qabul qilgan murabbiyi 6 avgust kuni Milliy olimpiya qo'mitasining anjumanlar zalida soat 15:00da futbol muxlislariga tanishtiriladi. SHundan so'ng u bilan matbuot anjumani tashkil etiladi. Anjumanda barcha turdagi OAV ishtirok etishi mumkin.

“Kuper bilan yaxshi niyatlar hamda jiddiy maqsadlar yo'lida kelishuvga erishdik. Umid qilamizki, millionlab vatandoshlarimizning uzoq yillik orzularini ro'yobga chiqarishda bu inson bizga yordam beradi. Biz Evropa futboli nafasini O'zbekistonga olib kira oladigan, o'z futbolchilariga qahramonlik hislarini singdira oladigan, jamoalari har qanday raqibga tik qaray oladigan, eng muhimi, Jahon CHempionati sari yo'lni bosib o'tgan tajribali murabbiyni istagandik. Bizningcha, Kuper bu talablarga mos keladi. Mana shunday mutaxassisning olib kelinishi uchun sharoit yaratib berayotgan O'zbekiston hukumatiga hamda yangi bosh murabbiyni sabr bilan kuta olgan xalqimizga minnatdorchilik bildiraman”, - dedi Umid Ahmadjonov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing