04 iyu 08:50
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/879_220.jpg)
Rasman. “PSJ” endi Meneni o'z safiga qo'shib oldi
Belgiya terma jamoasi himoyachisi Tomas Mene faoliyatini Franciya chempioni “Pari Sen-Jermen” klubida davom ettiradi.
Parijliklar endilikda Belgiyaning “Bryugge” klubi sobiq himoyachisi 24 yoshli futbolchi bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekishdi. Mene “PSJ” yangi mavsum oldidan o'z safiga qo'shib olgan uchinchi xaridi bo'ldi. Tomasga qadar Xotam Ben-Arfa va Gjegoj Krixovyak Franciya chempionlari bilan shartnoma imzolashgandi.
Malumot uchun, Mene “Bryugge” libosida 198ta uchrashuv o'tkazgan bo'lib, ana shu o'yinlarda 20ta gol kiritib, 22ta golga hammualliflik qilgan. Belgiya terma jamoasi tarkibida 9ta o'yinda maydonga tushgan.
Havola :
Fikrlar