26 may 14:09
Yangiliklar
Tennis
Rasman. Rafael Nadal to'laqonli mashg'ulotlarni boshladi
Ispaniyalik tennis yulduzi Rafael Nadal to'laqonli mashg'ulotlarga qaytdi.
Nadal boshqa tennischilar qatori koronavirus pandemiyasi sabab ikki oy davomida kortda mashg'ulot o'tkazmayotgandi. Rafa Malorka shahrida shug'ullanyapti.
"Hammaga xayrli kun! Nihoyat, kortga qaytish nasib etdi. O'zimni kortga qaytganim va akademiyamda o'quv jarayoni boshlanganidan xursandman. Bu eng muhimi", - deya Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Nadal.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar