So’nggi yangiliklar

17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0

14 fev 14:24
Yangiliklar

Boks/MMA

Rasman. Ramazon Temirov oktagonga chiqadigan turnirning asosiy jangi tasdiqlandi + POSTER

Xabaringiz bor, 2 mart kuni tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC Vegas 103 turniri bo'lib o'tadi.

Tashkilotchilar ushbu oqshomning asosiy jangini rasman tasdiqlashdi. Unda o'ta engil vazn toifasi vakili (57 kilogrammgacha) qozog'istonlik Asu Almabaev portugaliyalik Manel Kapega qarshi oktagonga chiqadi. Asu jarohat olgan Brendon Royvalning o'rniga Manel Kapega qarshi jang qilishi aytilgandi. Ushbu xabar rasman o'z tasdig'ini topdi.

SHu tariqa, UFC promousheni rahbarlari Kape ishtirokidagi turnirning asosiy jangini saqlab qolishdi. Qozog'istonlik 31 yoshli aralash yakkakurash ustasi mag'lubiyatsiz seriya bilan kelmoqda. U UFC oktagonida 4 ta g'alaba qayd etgan. Oxirgi jangida Mateus Nikolauni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi. Manel Kape esa o'tgan yilning dekabrida Bruno Silvani uchinchi raundda texnik nokaut evaziga taslim etgandi. 

Ayni paytda Manel Kape hamda Asu Almabaev mos ravishda o'ta engil vazn toifasi reytingida oltinchi va sakkizinchi o'rinlarni band etgan. Almabaev UFC turnirlarining markaziy bahsida oktagonga chiqqan ilk qozog'istonlik jangchiga aylanadi. 

Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz Ramazon Temirov ham shu oqshomda o'zining promoushendagi ikkinchi jangini o'tkazadi. U aynan Asu bilan bitta vazn vakili hisoblanadi. G'alabali seriya davom etsa, ikki qo'shni jangchilar oktagonda bir-birlariga qarshi to'qnash kelib qolishlari mumkin. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing