29 mar 20:55
Yangiliklar
Futbol

Rasman: Ravshan Ermatov JCH-2018ga boradi
FIFA rasmiy sayti Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishlaydigan hakamlar ro'yxatini elon qildi.
Mundialda 46 ta mamlakatdan 36 nafar bosh va 63 nafar yordamchi hakamlar ishlaydi. Quvonarlisi, ushbu ro'yxatda o'zbekistonlik FIFA referisi ham bor. Ravshan Ermatov, Jahongir Saidov va Abduhamidillo Rasulovlar brigadasi JCH-2018 o'yinlarida hakamlik qiladi.
Eslatib o'tamiz, Ravshan Ermatov ikkita jahon chempionatining final bosqichida jami 9ta uchrashuvni boshqargan futbol tarixidagi yagona referi hisoblanadi.
Havola :
Fikrlar