30 okt 01:19
Yangiliklar
Futbol

Rasman. “Real” Lopetegi bilan shartnomani bekor qildi
“Real” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bilan shartnoma bekor qilinganini rasman elon qildi, deya xabar bermoqda madridliklar rasmiy sayti.
Klub direktorlar kengashi jamoaning qoniqarsiz natijalari sabab shunday qaror chiqarishga majbur bo'ldi. “Real” bosh murabbiyi vazifasini vaqtinchalik Santyago Solari bajarib turadi.
Argentinalik bu mutaxassis ayni paytda “Kastilya” klubini boshqarmoqda. Solari bugun, 30 oktyabrdan “Real”da ish boshlaydi. “Qirollik klubi” Ispaniya chempionatining 10-turidan so'ng turnir jadvalida 9-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Fikrlar