So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

22 iyu 19:29
Yangiliklar

Futbol

Rasman: Samvel Babayan – “Lokomotiv” bosh murabbiyi

Teglar :  BabayanLokomotiv
O'zbek futbolining taniqli va tajribali mutaxassislaridan biri Samvel Babayan “Lokomotiv” futbol klubida bosh murabbiy sifatida ish boshladi.

Futbol muxlislariga yaxshi malum,  Samvel Babayan asosan “Paxtakor” futbol klubidagi bir necha yillik faoliyati orqali keng jamoatchilikka tanilgan.  Uning katta tajribasi hamda o'zbek futbolidagi samarali mehnatini inobatga olib “Lokomotiv” PFK uni bosh murabbiy sifatida klubga taklif etdi. 

Samvel Babayan “Paxtakor”dagi faoliyati davomida ko'plab yutuqlarni qo'lga kiritgan.  U rahbarlik qilgan yillari “Paxtakor” 9 bor mamlakat milliy chempionati hamda 8-marta O'zbekiston Kubogi g'olibi deb topilgan. Bundan tashqari “Paxtakor”ning ikki bor Osiyo chempionlar ligasi yarim finaliga qadar etib borishida,  shu qatorda 2002-yil mavsum yakunlariga ko'ra “Osiyoning eng yaxshi futbol klubi” deb topilishida qo'shgan hissasi katta. 

Bundan tashqari Samvel Babayan O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ham samarali mehnat qilgan hamda uning qo'l ostida 42 nafar futbolchi mamlakat bosh jamoasida o'z debyutini nishonlagan. SHuningdek, Samvel Vyacheslavovich turli yillarda O'zbekistonning olimpiya, yoshlar va o'smirlar terma jamoalariga “Paxtakor” menejeri sifatida 200ga yaqin futbolchilarni tarbiyalab bergan.  Yana shuni takidlash joiz, Samvel Babayan o'zbek futboliga qo'shgan ulkan hissasi tufayli ikki bor O'zbekistonning “Eng yaxshi murabbiyi” deb topilgan. 

O'ylaymizki,  shunday mutaxassisning katta tajribasi endilikda “Lokomotiv” futbol klubining yangi yutuqlarni qo'lga kiritishida qo'l keladi. 

“Lokomotiv” futbol klubi uchun Samvel Babayandek etuk futbol mutaxassisini o'zaro hamkorlik asosida ish yuritishga taklif etish katta sharaf hisoblanadi hamda u kishining keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz. 


Samvel Babayanning erishgan yutuqlari: 

O'zbekiston chempioni – 2002,  2003,  2004,  2005,  2006,  2007,  2012,  2014,  2015-yillar,  “Paxtakor”

O'zbekistonning vice chempioni – 2008,  2009,  2010-yillar,  “Paxtakor”

O'zbekiston Kubogi sohibi – 2001/02,  2002/03,  2004,  2005,  2006,  2007,  2009,  2011-yillar,  “Paxtakor”

Osiyo CHempionlar Ligasi yarim finalchisi – 2002/03,  2004,  “Paxtakor”

Hamdo'stlik kubogi sohibi – 2007-yil,  “Paxtakor”

O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi – 2014,  2015.

Reyting: -5   

Fikrlar

   
26 iyu 03:29:24
Isroil Ruziev
Уборка. .
   
23 iyu 09:47:31
Dilshot Solihov
Mana yana bitta ispot O'zbek fudbolibi o'smashligiga sabab!!!
   
22 iyu 20:33:23
Hayotbek Karimov
Tugadiiii
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing