06 avg 18:04
Yangiliklar
Futbol

Rasman: Sanches "Inter" bilan 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi
Hujumkor yarim himoyachi Aleksis Sanches faoliyatini Milanning "Inter" klubida davom ettiradi.
Italyan klubi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 31 yoshli chililik futbolchi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. "Inter" ushbu bitim mutlaqo tekinga amalga oshirilganini bildirmoqda.
Oldinroq, Sanches "Manchester Yunayted" tarkibida to'p tepgan va 2019/20 yilgi mavsumda "Inter" libosida ijara asosida o'ynagan edi. Aleksis "Inter"da yiliga 7 million evro ishlab topadi.
Malumot uchun, futbolchi Milan jamoasi safida A Seriya doirasidagi 22 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 9 ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar