07 iyu 18:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman. Sanjar Zokirovning keyingi jangi elon qilindi
O'zbekistonlik yosh va taniqli MMA ustasi Sanjar Zokirovning navbatdagi jangi tafsilotlari aniq bo'ldi.
Hamyurtimiz 17 iyul kuni Tailandning Bangkok shahridagi Lumpinee Stadium majmuasida tashkil etiladigan ONE Fight Night 45 turnirida qatnashadi.
O'sha kuni Zokirovga rossiyalik Ruslan Satiev raqiblik qiladi.
Malumot uchun, Sanjar "Tornado" Zokirov faoliyati davomida 14 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. 27 yoshli Ruslan Satiev hisobida esa 6 ta jangda qo'lga kiritilgan 6 ta g'alaba mavjud.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar