29 iyu 10:17
Yangiliklar
Rasman. Sardor Rashidov "Qatar SK" bilan shartnoma imzoladi FOTO
Alisher Nikimbaevning xabar berishicha, futbolchimiz Qatar Yulduzlar Ligasining "Qatar SK" jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Bu klub o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Yulduzlar ligasidagi o'rnini zo'r-bazo'r o'tish o'yinidagi g'alabasi evaziga saqlab qolgandi.
Rashidov uchun Qatar begona mamlakat emas. U o'z vaqtida "Al Jayish" klubi safida o'ynagan. "Qatar SK" 1959 yil tashkil etilgan bo'lib, klub uy o'yinlarini Doxa shahridagi 15 000 muxlisga mo'ljallangan "Suhaym bin Hamad" stadionida o'tkazadi.
Jamoani bugungi kunda argentinalik murabbiy Serxio Batista boshqarib bormoqda. Klub 8 marta Qatar chempioni bo'lgan (so'nggi marta 2003 yil). Qatarda yangi mavsum 21 avgust kuni start oladi. "Qatar SK" 1-turni o'z uyida "Al Duhail"ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar