24 iyu 11:15
Yangiliklar

Rasman: SHackix Ukraina chempionatining eng yaxshi to'purarligidan mahrum etildi
"Dinamo Kiev" murabbiylar shtabida faoliyat ko'rsatayotgan sobiq hujumchi Maksim SHackix endilikda Ukraina chempionatining eng yaxshi to'purari emas.
Aytilishicha, 1999 yilgi chempionat doirasida bo'lib o'tgan "Dinamo Kiev" - "Prikarpate" (6:0) uchrashuvida SHackixga yozilgan gol aslida avtogol bo'lgan va rasmiy qaydnomada video takrordan keyin o'zgartirildi.
SHu sababli, SHackixning urgan gollari soni 123 taga tushdi. Sergey Rebrov hisobida ham 123 gol mavjud. Maksim SHackix endilikda to'purarlar poygasida Rebrov bilan birgalikda peshqadamlikni bo'lishib turibdi. Unga qadar hamyurtimiz bu borada yakka peshqadam bo'lib turgandi.
Ukraina chempionati tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxati (top-5)
1-2. Sergey Rebrov (SHaxter, Dinamo) – 123 gola
1-2. Maksim SHackix (Dinamo, Arsenal, Goverla) – 123
3. Evgeniy Seleznev (SHaxter, Arsenal, Dnepr) – 111
4. Andrey Vorobey (SHaxter, Dnepr, Arsenal, Metallist) – 105
5. Andrey Yarmolenko (Dinamo) – 97
Fikrlar