11 mar 10:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. SHahram G'iyosovning navbatdagi jang sanasi va manzili elon qilindi. U bo'lajak raqibi bilan bir oqshomda ringga chiqadi (POSTER)
Matchroom yarim o'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik prof bokschi SHahram G'iyosovning keyingi jangini malum qildi.
SHahram avval xabar berganimizdek, 12 aprel kuni AQSHning Nyu-Jersi shtati, Atlantik Siti shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ringga ko'tariladi. Unga kim raqib bo'lishi haqida hozircha xabarlar mavjud emas.
Oqshomning markaziy jangi yarim o'rta vaznda WBA chempioni Eymantas Stanionis hamda IBF chempioni Jeyron Ennis o'rtasida kechadi. SHahram esa bo'lajak jangida g'alaba qozonsa, keyingi jangini aynan Ennis — Stanionis bahsi g'olibiga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : Matchroom Boxing
Fikrlar