24 iyu 21:39
Yangiliklar
Futbol

Rasman: Srna “SHaxtyor” rahbariyatida ish boshladi
Doneckliklar afsonasi Dario Srna klub sport direktori lavozimini egalladi.
U bungacha jamoa ustozi Luish Kashtruga yordamchi sifatida faoliyat olib borayotgan edi.
Xorvatiyalik xavbek 2003-2018 yillar davomida “SHaxtyor” sharafini himoya qilgan. U mazkur klub safida Ukraina chempionligi (9 marta), mamlakat Kubogi (7) va Superkubogini (8) qo'lga kiritgan. SHuningdek, 2008/09 yilgi mavsum UEFA Kubogi (hozirgi Evropa Ligasi)da zafar quchgandi.
Havola :
Fikrlar