So’nggi yangiliklar

19:35Назорат ўйини. Ўзбекистон U-19 Туркияни мағлуб этди 0 19:07Дана Уайт бошчилигида ташкил этилган бокс Лигасининг илк турнири эълон қилинди 0 18:42Тошкентда ўтказиладиган PWL 11 кураш турнирида кимлар иштирок этиши маълум бўлди. Спортчилар орасида Разамбек Жамалов, Заур Угуев ва Кайл Снайдер каби номлар бор (ПОСТЕР) 0 18:17Бокс бўйича катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионати тақвими маълум бўлди (ФОТО) 0 17:53Тўртта терма жамоа мухлислари АҚШга кириш тақиқи сабабли ЖЧ-2026 дан қуруқ қолишлари мумкин 0 17:29Адесенья октагонга кўтариладиган оқшомнинг иккинчи асосий жанги ҳам эълон қилинди 0 17:04Яхши хабар: Ўзбекистон спорт брэнди Италиянинг машҳур велоспорт клуби титул ҳомийсига айланди (ФОТО) 0 16:39Ислам Махачев қандай ҳолатда Илия Топурия билан жанг қилиши мумкинлигини айтди 0 16:16Нима учун МЮ Сульшерни эмас, Кэррикни танлади? 0 15:52Бенавидес Бетербиев ва Бивол билан жанг қилишни истайди 0 15:26"Уч раунд ичида финиш қиламиз". Пимблетт — Гэтжи билан жанг ҳақида гапирди 0 15:03Махачев: "Оқ уйда жанг қилишни истардим, аммо..." 0 14:41Хаби Алонсо истеъфосининг тафсилотлари ошкор қилинди 0 14:20"Одамларнинг хотираси қисқа. Тайсон уч карра жаҳон чемпиони бўлади" - Фьюрининг отаси 0 13:59"Махачқалъанинг "Динамо"сига ёрдамчилар керак" - Махачев Алонсонинг "Реал"дан кетиши ҳақида 0

25 fev 15:18
Yangiliklar

Futbol

Rasman: Superliga klublari soni 12 tadan 14 taga oshirildi

Teglar :  Superliga
Superliganing 2019 yilgi mavsumida 14ta klub ishtirok etadi.

O'zbekiston futbol associaciyasi Licenziyalash qo'mitasi “Surxon” hamda “Dinamo” klublariga shartli ravishda Superliga yo'llanmasini taqdim etdi. O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati hududlarda futbolni rivojlantirish yo'lida jonbozlik ko'rsatayotgan viloyat hokimlarini qadrlaydi. Bungacha Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov, Andijon viloyati hokimi SHuhrat Abdurahmonov kabilar viloyat futbolini rivojlantirish yo'lida katta hamjdagi ishlarni amalga oshirayotgandi. Ortda qolgan bir necha oy davomida esa Surxondaryo va Samarqand viloyatlari hokimlari ham O'FA bilan to'laqonli hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

“Surxondaryo viloyati bir necha yillar davomida katta futboldan uzoqda qoldi. Erkinjon Turdimov mazkur viloyatga rahbar etib tayinlangach, viloyat futbolida ijobiy o'zgarishlar kuzatila boshlandi. Ayni vaqtda “Surxon” futbol klubi Licenziyalash qo'mitasi ilgari surgan barcha talablarni bajardi. Viloyatdagi bosh stadionni tamirlashda ayni vaqtdagi hokim Bahodir Po'latov ham o'z yordamini ayayotgani yo'q. Erkinjon Turdimovning o'zi esa endilikda Samarqand viloyatida futbolni ko'tarish ishlarini boshlab yubordi. Mazkur ishlar O'zbekiston futbol associaciyasining etiboridan chetda qolmaydi. SHuningdek, har ikki viloyatda millionlab futbol muxlislari katta futbolni sog'inib qolgani uchun ham “Dinamo” va “Surxon”ga shartli ravishda Superliga yo'llanmasini taqdim etish bo'yicha qaror qabul qilindi”, — deb mazkur holatga o'z munosabatini bildirdi O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov.

Bungacha Professional futbol ligasi 12ta klub ishtirok etishi uchun mo'ljallangan format va reglamentni taqdim etib ulgurgandi. Keyinroq bu masala Licenziyalash qo'mitasi va O'FA Ijroqo'mi azolari o'rtasida tahlil qilindi. Unda qator fikrlar bildirildi, jamoalar sonining oshishi munozaralarga sabab bo'ldi. Yakunda O'FA Ijroqo'mi Professional futbol ligasiga yangi talab bo'yicha ayrim bandlari o'zgartirilgan reglamentni tasdiqdan o'tkazish uchun bir hafta muhlat belgiladi. Qo'shimchasiga, bugun — 25 fevral kuni bo'lib o'tadigan Superliganing 2019 yilgi mavsumi uchun qura tashlash marosimida “Surxon” va “Dinamo” vakillari ham ishtirok etishiga ruxsat berdi.

“CHempionat startiga bir necha kun qolganda shunday qaror qabul qildik. Bungacha Superliganing 12ta klubini o'z talablarimiz bo'yicha ishlashga unday oldik. Endi esa yana ikki klub ularga etib olish yo'lida mehnat qiladi. Bizning maqsadimiz iloji boricha kattaroq hududlarni futbol bilan qamrab olish, iloji boricha ko'proq muxlislarni futbolga qaytarishdan iborat. Mana shunday katta maqsadlar yo'lida reglamentlardagi kichik o'zgarishlargacha borishga tayyormiz”, — dedi Umid Ahmadjonov.

Superliganing yangi formati va uning atrofidagi qolgan jarayonlar haqida Professional futbol ligasi rasman malumot beradi.

Reyting:    

Fikrlar

   
25 fev 15:56:24
Jojo98
Qudratilla bilan suhbat nima bòldu tezroq chiqarelar
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing