06 okt 10:14
Yangiliklar
Futbol

Rasman: Tomas Partey “Arsenal”ga o'tdi
Tomas faoliyatini Londonda davom ettiradi.
“Arsenal” “Atletiko M”ning ganalik yarim himoyachisi Tomas Parteyni o'z safiga qo'shib oldi. London klubi 27 yoshli futbolchi transferi uchun 50 mln evro to'lagan. Qarama-qarshi yo'nalishda Lukas Torreyra Madrid klubiga yo'l oldi. Lukas madridliklar tomonidan mavsum yakuniga qadar ijaraga olindi.
Malumot uchun, Partey o'tgan mavsum La Liga doirasida 35 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urgan. Torreyra esa o'tgan mavsum davomida “to'pchilar” safida jami 39 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 1 ta golli uzatma bergan.
Havola :
Fikrlar