So’nggi yangiliklar

14:04"Атлетико" Альваресни "Арсенал"га қанчага сотишга тайёрлиги маълум 0 13:39Таэквондочиларимиз "Taiyuan 2026 World Taekwondo Women’с Open Championships" Очиқ чемпионатида қатнашади 0 13:12Яхши хабар! Достон Бозоров Али Абдел-Азиз билан келишувга эришди 0 12:39Шара Буллетнинг Москва турниридаги янги рақиби маълум бўлди + ПОСТЕР 0 12:13"Шокдан ҳам баттар". УЕФА раҳбари Чеферин ЖЧда Балогун билан боғлиқ жанжалга муносабат билдирди 0 11:47Ислам Махачев: "Олдинда учта томошабоп ва оғир жанг кутиб турибди" 0 11:19Полина Кудерметованинг US Open 2026 саралашидаги учрашуви 68 дақиқа давом этди 0 10:49Мирафзал Ахтамов ва яна икки вакилимиз Дубайдаги ММА турнирида иштирок этади + ПОСТЕР 0 10:11Суперлига. Бугун учта қизиқарли учрашув бор 0 09:38Махачев: "Гэрри менга жиддий жанг таклиф қилди, деб бўлмайди" 0 08:35Жаҳонгир Воҳидов — Абу Даби халқаро шахмат фестивали ғолиби! 0 18:44Конор Макгрегор: "Холлоуэй UFC тарихидаги энг калтакланган шахс" 0 18:18“Манчестер Сити” рекорд хариди бўлган Эллиот Андерсон дебют ўйинида жароҳат олди 0 17:50Карлос Пратес UFC 334 турнирида Махачев билан жанг қилмоқчи эканлигига ишора қилди 0 17:18Пэдди Пимблетт: "Яхшиям Махачев энди менинг дивизионимда йўқ" 0

16 dek 18:52
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Rasman: Toshkent 2025 yil yoshlar o'rtasida IV Osiyo o'yinlarini qabul qiladi

Teglar :  Osiyo o'yinlari
O'monning Maskat shahrida Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK)ning navbatdagi Bosh Assambleyasi o'z ishini yakunlamoqda.

Qitamizda Olimpiya harakatining yaqin va istiqboldagi kelajagi, rejalari belgilab olinayotgan mazkur tadbirda o'zbek sporti uchun ham unutilmas voqeliklardan biri sodir bo'ldi.

Xabar berganimizdek, kecha hamyurtimiz Otabek Umarov OOKning vice-prezidenti bo'lib saylangan edi. Bugun Otabek Muhammadalievich Bosh Assambleyada rasman OOKning rahbariyati qatoridan joy oldi. Tadbir davomida kun tartibidan o'rin olgan masalalardan biri – 2025 yil qitamizda o'tadigan yoshlar Osiyo o'yinlarining mezboni va OOK o'rtasida shartnoma imzolash marosimi bo'ldi.

Assambleyada Toshkent shahrining 2025 yil bo'ladigan IV yoshlar Osiyo o'yinlarini qabul qilishi rasman tasdiqlandi. SHundan so'ng O'zbekiston hamda OOK o'rtasida musobaqaning o'tkazilishi borasida shartnoma imzolandi.

Tadbirda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, MOQ Bosh kotibi, “Toshkent-2025” IV yoshlar Osiyo o'yinlari direktori Oybek Kasimov hamda Qo'mitaning rais o'rinbosarlari va maslahatchilari, Toshkent shahar hokimligi vakillari qatnashishdi. Toshkentning 2025 yilgi yoshlar Osiyo o'yinlarini qabul qilishi yuzasidan tuzilgan shartnomaga OOK prezidenti SHayx Ahmad Ah Fahad Al Sabax, OOK vice-prezidenti Otabek Umarov, MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov hamda Toshkent shahar hokimligi vakili Izzatbek Djuraev imzo chekishdi.

Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o'yinlari Yangi O'zbekistonning qay darajada rivoj topayotganini jahon hamjamiyatiga ko'rsatish uchun qulay imkoniyatdir. Ushbu musobaqa davomida yurtimizga 5000 nafardan ziyod mehmon kelishi kutilmoqda. Bu esa o'z navbatida zimmamizda ulkan vazifa turganini anglatadi. Ishonchimiz qomilki, Prezidetimizning etibori, Hukumatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan mazkur yirik kompleks musobaqani yuqori saviyada tashkil eta olamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing