10 fev 10:15
Yangiliklar
Rasman. Uch karra Olimpiya o'yinlari sovrindori faoliyatini yakunladi+FOTO
Pekin, London va Rio Olimpiadasining bronza medali sovrindori, ikki kara jahon chempioni, Osiyo chempioni, ko'plab xalqaro musobaqalar g'olibi katta sport bilan xayrlashdi.
Endi hamyurtimiz murabbiylikda faoliyatini davom ettiradi. U terma jamoa murabbiylar shtabida o'zi muvaffaqiyat qozongan vazn toifalari (-60 va -66 kg)da ustozlik qiladi.
Yana ham aniqrog'i, ushbu vazn bo'yicha maslahatchi murabbiy sifatida faoliyat yuritadi.
Rishod Sobirov ikki vazn toifasida Olimpiada sovrindori bo'lgan dunyodagi kamsonli dzyudochilardan biri hisoblanadi. U Pekin-2008 va London-2012 Olimpiadalarida -60, Rioda esa -66 kg vazn toifasida bronza medalini qo'lga kiritgan.
Ko'plab Davlat mukofotlari sohibi Rishod Sobirovga murabbiylik faoliyatida ham omad va zafar yor bo'lishini, o'zi singari chempion sportchilarni tarbiyalashini tilab qolamiz!
Anvar Ilyasov olgan suratlar
Fikrlar