21 jan 15:34
Yangiliklar
Futbol

Rasman: “Vest Xem” o'z safiga Evropa chempionini qo'shib oldi
Portugaliyalik himoyachi Joze Fonte rasman Angliyaning “Vest Xem” klubi futbolchisiga aylandi.
Fonte “Sautgempton” jamoasidan London klubiga ko'chib o'tdi. Joze 7 yildan beri aynan “Sautgempton” sharafini himoya qilib kelayotgan va 3 yildan buyon jamoasi sardor sifatida maydonga boshlab tushayotgan edi.
Fonte “bolg'achilar” bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi. London klubi Evro-2016 chempionining transferi uchun 8 million funt sterling to'ladi.
Malumot uchun, joriy mavsumda portugaliyalik 33 yoshli himoyachi “Sautgempton” libosida 19ta uchrashuvda maydonga tushgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar