26 iyu 18:48
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/620_220.jpg)
Rasman. “Volfsburg” Bruma bilan shartnoma imzoladi
Gollandiyaning PSV klubi himoyachisi Jeffri Bruma yangi mavsumdan etiboran Germaniyaning “Volfsburg” jamoasi sharafini himoya qila boshlaydi.
“Volfsburg” klubi rasmiy sayti Bruma bilan 5 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolanganini rasman elon qildi. Har ikki klub o'rtasidagi kelishuvga ko'ra futbolchining transfer summasi oshkor qilinmadi.
Dunyoga mashhur transfermarkt.com sayti ushbu transferni 8 mln evroga baholagan. Londonning “CHelsi” klubi tarbiyalanuvchisi bo'lgan 24 yoshli Bruma o'tgan mavsum Gollandiya chempionlari safida 32ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Havola :
Fikrlar